O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.

Vladimir Norov 2021 yil 31 dekabrdan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2022 yil 27 apreldan esa tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgandi.

U 2012 yildan beri tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Kamilov o‘rnini egalladi. Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.