Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida ikki fuqaro Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to‘g‘risida diplom olib berishni va’da qilganlikda gumonlanmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda boshqa bir fuqaroga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida diplom olib berishi evaziga 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.