Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida er armatura bilan xotinining boshiga urib, o‘limga sabab bo‘lgan jarohat yetkazdi. Mazkur hodisa yuzasidan tuman hokimiyati, viloyati IIB va fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada ma’lum qilindi.

Voqea 2 sentabr tungi kuni soat 02:00 larda G‘allaorol tumani Baxt mahallasida sodir bo‘lgan. 4 nafar farzandning otasi va onasi o‘zaro gap talashib janjallashib qolgan.

Oqibatda 1982 yilda tug‘ilgan er xotinining boshiga armatura bilan ikki marta urib, jarohat yetkazgan. Ayol shifoxonada ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Avvalroq Quyi Chirchiq tumanidagi bog‘chada o‘z xotinini kaltaklagan erkak keyinchalik uni o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgan, tuman prokuraturasi tergov harakatlarini o‘tkazmoqda. Bundan tashqari yana bir erkak xotini, farzandi, qaynona va qaynopasini pichoqlagani xabar qilingandi.