6 sentabr kuni prezident «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi [PQ-369-sonli] qarorni imzoladi. Unga muvofiq, Ozarbayjon bilan sanoat mulkini muhofaza qilishda hamkorlik qilinadi.

Bu bo‘yicha ikki mamlakat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev 21 iyun kuni Toshkent shahrida 18 ta hujjat imzolagandi. Hududlararo hamkorlik, sanoat, xalqaro avtomobil qatnovi, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, o‘simliklar karantini va himoyasi sohalaridagi hamkorlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar hamda turizm sohasidagi hamkorlik dasturlari shular jumlasidan.

Xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Xuddi shunday hujjat 1997 yil iyunda ikkila davlat hukumatlari o‘rtasida imzolangan.

Shuningdek, 2018 yilda sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish sohasida Belarus respublikasi bilan ham bitim imzolangan.