Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi pensiya va nafaqa oluvchilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 15 sentabrdan temir yo‘l va aviayo‘lovchilar chiptalari uchun 50 foizlik imtiyozli tariflar taqdim etiladi.

Bu prezidentning 31 avgustdagi Qoraqalpog‘iston Recpublikasida aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonida qayd etilgan.

Yo‘lovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyoz taqdim qilish bilan bog‘liq xarajatlari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Transport vazirligiga Moliya vazirligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va rezident aviakompaniyalar bilan birgalikda bir oy muddatda yo‘lovchilarning tegishli toifalari uchun maxsus tariflarni tasdiqlash topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2017−2021 yillarda Orolbo‘yi hududini rivojlantirish davlat dasturiga muvofiq, avval ham Qoraqalpog‘iston va Nukus aholisining ayrim qatlamiga «Nukus — Toshkent — Nukus» va «Urganch — Toshkent — Urganch» yo‘nalishidagi aviaqatnovlar uchun 50 foizlik chegirma berilgandi.