16 avgust kuni Namanganning Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda Uchtepa mahallasida yashagan 12 yosh qiz o‘rtoqlari bilan cho‘milishga borib, cho‘kib ketgan. Namangan FVB axborot xizmati hozirda qidiruv ishlari ketayotganini ma’lum qildi.

Qizcha cho‘kkan kundan buyon qutqaruv-qidiruv guruhi Norin, To‘raqo‘rg‘on, Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limlari qutqaruvchilari, Milliy gvardiya, ichki ishlar hodimlari va ko‘ngilli fuqarolar bilan birgalikda qidiryapti.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan farzandlarini taqiqlangan joylarda cho‘milishiga ruxsat bermaslikni so‘ramoqda.