Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 1961 yilda tug‘ilgan ayolning nomusiga tegganlikda gumonlanib, tergov organlaridan yashirinib yurgan erkak qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat ichki ishlar brshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilishinicha, viloyat va tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida 1986 yilda tug‘ilgan K.D. dastlab, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida, keyinchalik Arnasoy tumanida yashirinib yurgani to‘g‘risida ma’lumot olingan.

Ushbu shaxsni topish yuzasidan tezkor qidiruv harakatlari olib borilgan va u Arnasoy tumanida joylashgan ko‘l ortilaridagi chekka bir hududida yashirinib yurgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Fuqaro Pastdarg‘om tumani IIBga olib kelingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu shaxsga nisbatan 12 mart kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Sirtdan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingandi.