Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Afg‘onistonning Hirot shahridagi «Guzargoh» masjidida 2 sentabr kuni juma namozi paytida sodir bo‘lgan terrorchilik harakatiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Bu kabi qabih harakatlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi», — deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston halok bo‘lganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tiladi.