O‘zbekistonda qurilishlar va obodonlashtirish ishlariga ko‘pincha daraxtlarning shikastlanishi va nobud bo‘lishi hamrohlik qiladi. Ushbu muammoga e’tiborni qaratishga esa faqat befarq bo‘lmagan fuqarolargina erisha olmoqda.

Demak, 11 avgust kuni bloger Nikita Makarenko Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 11 ta daraxtga zarar yetgani haqida xabar berdi. Ushbu ko‘chadagi uylardan birining tashqi fasadini yangilash bo‘yicha xayriya ishlari vaqtida yashil maydonlarga ham ziyon yetkazildi. Oy boshida esa Chilonzor ko‘chasini betartib rekonstruksiya qilish davomida 100 dan ortiq ko‘p yillik daraxtlar, shu jumladan, katta qismi 70 yillik bo‘lgan emanlarning ildiz tizimi jiddiy zarar ko‘rgani aniqlandi.

Toshkent botanika bog‘i ilmiy xodimi Atirgul Xolmurzayevaning tavsiyalari asosida Chilonzor tumanida yashil maydonlarni tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. U 40 yildan ortiq vaqt davomida o‘simliklarni yetishtirish, iqlimlashtirish va davolash bilan shug‘ullanadi.

Mutaxassis “Gazeta.uz"ga ildiz tizimlari shikastlangan daraxtlarning taqdiridan xavotirda bo‘lgan fuqarolar oddiy beshtagina qadam bilan qanday qilib ularni qutqarib qolishi mumkinligini so‘zlab berdi.