1 sentabr kuni Toshkent viloyatidagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida mushakbozlik bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bog‘ matbuot xizmati xabar berdi.

Mushakbozlik 21:00 da Mustaqillik bayrami sharafiga o‘tkaziladi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i Toshkent viloyatining qibray tumanida joylashgan. U yerga Toshkent shahridan yengil mashina (1 soat atrofida) va jamoat transportida (2,5 soat atrofida) yetib borish mumkin.

Eslatib o‘tammiz, bayram tadbiri o‘tkazilishi sababli poytaxtning Yangi O‘zbekiston, Mahtumkuli, Tabarruk va Cho‘lpon ko‘chalarida soat 19:00 dan 00:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.