Yagona portalda va Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomasini almashtirish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmatida xabar berilishicha, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tizimida «Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi» joriy etilgani sabab bo‘lgan.

Ichki ishlar vazirligi tizim joriy qilinganligi munosabati bilan 1−5 sentabr kunlari texnik-profilaktik ishlar amalga oshiradi.

Shu sababdan, YIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish va boshqa avtotransport vositasiga bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangach qo‘shimcha xabar beriladi.