Tailandda velosport bo‘yicha Osiyo kubogi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 14 ta medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi velosport federatsiyasi matbuot xizmati.

Musobaqa avvalida terma jamoa vakillari 1 ta oltin va 2 ta kumush hamda 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Keyinchalik biatlon bahslarida Yanina Kuskova oltin, Margarita Misyurina esa kumush medalini jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydilar.

Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 7 ta medalga ega chiqdi.

Bunda erkaklar o‘rtasidagi guruhlik bahslarida Dmitriy Bocharov eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida Yanina Kuskova ikkinchi o‘rinni egallab, kumush, Margarita Misyurina esa kuchli uchlikni yakunlab, jamoa hisobiga bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Erkaklar o‘rtasida trek yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Danil Yevdokimov bronza, ayollar o‘rtasida Nafosat Qo‘ziyeva kumush, Margarita Misyurina bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Osiyo kubogi yakunida Nafosat Qo‘ziyeva skretch poygasida bronza medali sohibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoni bilan taqdirlangandi.