15−16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti va qator xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari Samarqandda bo‘lishi sababli shahar maktablarida darslar 19 sentabrdan boshlanadi.

Xalq ta’limi boshqaarmasining xabarida bunga jarayonlar va tadbirlar o‘tkaziladigan hududlarga yaqin joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida qaror qilingani aytildi.

Maktab o‘quvchilari qoldirilgan dars soatlarini o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldiradi.

Qolaversa, Samarqand aeroporti SHHT sammiti munosabati bilan 3 kunga yopiladi.

Oliy darajadagi yig‘iilishda Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolanishi kutilmoqda. Qolaversa, mamlakatlarning eng muhim mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha birlashgan pozitsiyalarini aks ettiruvchi deklaratsiya imzolanishi rejalashtirilmoqda.