Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning bir guruh fuqarolarini mukofotladi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

Mukofot ikki davlat o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni amaliy ma’no-mazmun hamda yangi tashabbuslar bilan boyitish, ikki mamlakatning qardosh xalqlari o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun berilmoqda.

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni

Mammadova Gulyanaq Zakir qizi — R. Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri vokalisti.

«Do‘stlik» ordeni

Mustafayev Shahin Majid o‘g‘li — Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi sharqshunoslik instituti bo‘lim mudiri, akademik;

Askarov Ramiz Baxshali o‘g‘li — Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor;

Binnatova Almas Qasim qizi — Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti «Ozarbayjon — Turkmaniston — O‘zbekiston adabiy aloqalari» bo‘limi mudiri.