Milliy turoperator Asialuxe Travel va Travel World Group (TWG) kompaniyasi barcha vatandoshlarni O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi bilan tabriklaydi. Shu munosabat bilan kompaniyalar o‘zingiz va yaqinlaringizga Praga, Karlovi Vari, Marianske-Lazne kabi Chexiyaning iliq kurortlariga unutilmas sayohat sovg‘a qilishni taklif qiladi.


Nega aynan Praga

Uzoq yillardan beri Chexiya sayohatchilarning sevimli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Olovrang tomlar shahri — Praga avvalo aql bovar qilmas manzaralarga boy. Qadimiy tarixi, jozibali arxitekturasi, mavhumlik va o‘ziga xosligi bilan Chexiya shaharlarining muhiti sayohatchilarni o‘ziga tortaveradi.


Chexiyadagi tibbiy turizm

Chexiya poytaxti bo‘ylab uzoq piyoda ekskursiyalar kurortlardagi shifobaxsh muolajalar bilan qo‘shilib, kuzgi va qishki ta’til uchun ayni muddao bo‘ladi. Bunday ta’til ota-onalar uchun munosib hadiya bo‘lishi mumkin. Axir Karlovi Vari va Marianske-Laznening yuqori sifatda xizmat ko‘rsatishi, puxta tibbiy ko‘riklari va muolajalari mehmonlarga xotirjamlik, g‘amxo‘rlikni his etishga yordam beradi.


Chexiya orqali Yevropaning boshqa shaharlariga borish mumkinmi

Pragaga borib, har bir turist noyob imkoniyatga ega bo‘ladi, ya’ni ular Praga orqali muhabbatga to‘la Fransiya, mehmondo‘st Italiya, jazirama Ispaniya, zamonaviy Germaniya va hashamatli Shveysariyaga yevro turga chiqishlari mumkin. Natijada, sayohatchilar betakror arxitektura va mashhur qadamjolar guvohi bo‘lishadi va Yevropa oshxonasining mazali taomlarini tatib ko‘rishadi.


Shengen vizasi haqida

Boshqa mamlakatlar kabi Chexiyada ham viza cheklovlari bor. Lekin Asialuxe Travel va TWG to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar va mehmonxonalardan tashqari viza ko‘magini ham taklif qiladi. Har bir sayohatchining butun tur davomida aloqada bo‘luvchi menejeri bo‘ladi va vizaga doir barcha savollarga javob beradi.


To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qachon amalga oshiriladi

Asialuxe Trave va TWG Praga go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishingiz uchun har yakshanba Toshkent-Praga-Toshkent yo‘nalishida qulay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi orqali amalga oshiradi.

Narxlar haqida

Asialuxe Trave va TWG Pragaga haftalik kompleks turpaketlar bir kishi uchun 15,4 mln so‘mdan, Karlovi Variga esa 20,3 mln so‘mdan boshlanadi. Viza uchun to‘lov alohida amalga oshiriladi.

Narxlar, parvoz va yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun Asialuxe Travel va Travel World Group saytiga tashrif buyurishingiz yoki (+998) 71−201−77−77, (+998) 90−816−50−00, (+998) 78−140−98−98 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Sayt: asialuxe.uz, travelwg.uz
Telegram: t.me/asialuxe, t.me/travelwgg
Telegram guruh: t.me/my_asialuxe
Qaynoq turlar Telegram`da: t.me/asialuxehottours
Qaynoq turlar Telegram`da o‘zbek tilida: t.me/asialuxe_qaynoqtur
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel, fb.com/twguz
Instagram: @asialuxe.travel, @travelwg.uz

Reklama huquqlari asosida.