Uniplatforms kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab xodimlarni qidirish imkoniyatini beradigan ISH.UZ xizmatini ishga tushirdi. Tizimning asosiy afzalligi shundan iboratki, unda nomzodlarni qidirish, hamda saralashning takrorlanuvchi jarayonlari avtomatlashtirilgan. Rezyumeni tanlab olish vaqti sezilarli qisqaradi hamda rekruterlarning samaradorligi oshadi.


ISH.UZ qanday vazifalarni hal etadi:

  • nomzodlarning yirik ma’lumotlar bazasidan foydalanish;
  • nomzodlarni tanlash, ularni suhbatdan hamda sinovdan o‘tkazish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qulay instrumentlar;
  • tizim ichida jamoa bo‘lib ishlash imkoniyati;
  • ish o‘rinlari soni cheklanmaganligi;
  • ruscha va o‘zbekcha interfeys;
  • eng mos nomzodlarni avtomatik tanlash.

Ushbu xizmat tashkilotda mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish bo‘yicha sarflanadigan vaqt va say-harakatni qisqartirish imkonini beradi. ISH.UZ doimiy ravishda xodimlarni izlaydigan yirik kompaniyalarga ham, kichik va o‘rta biznesga ham birdek mos keladi.


ISH.UZ da ro‘yxatdan o‘tgan har bir kompaniya sentabr oyi oxirigacha xizmatning barcha imkoniyatlaridan bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.


Tizimda ro‘yxatdan o‘tish: ish.uz/employer

Hamkorlik materiali. Barcha skrinshotlar neyron tarmoq orqali qilingan, odamlarning ismlari va familiyalari haqiqiy emas.