Avgust oyida, yozgi ta’til paytida Invento maktabning o‘quvchilari o‘zlarini muxbir, boshlovchi va operator sifatida sinab ko‘rishdi va Invento TV uchun videoreportajni suratga olishdi. Bo‘lajak mutaxassislardan iborat yosh jamoa tomoshabinlarga maktab tartibi haqida bolalarning nigohidan va ularning sevimli dam olish joylarini tasvirlab, videolavha tayyorladi. 5−6 yoshli besh nafar o‘quvchi Invento UIS ijodiy muhiti haqida batafsil ma’lumot berishga erishdi. Bu yerda har bir bola o‘zining sevimli kasbi bo‘yicha rivojlanishi mumkin.

Reportaj asosiy boshlovchi — Bilol Dilmurodovning studiyasidan an’anaviy tarzda boshlandi. U tomoshabinlar bilan salomlashdi va Invento TV`ning ko‘rsatuvida nimalar namoyish etilishi haqida so‘zlab berdi. Bu paytga kelib esa Bilol maktabning birinchi qavatidagi muxbir Sadiya Rahimova bilan bog‘landi.


«Hammasi shu yerdan boshlanadi» — birinchi qavat

Sadiyaning so‘zlariga ko‘ra, Invento`da kun bolalar salomatligini tekshirishdan boshlanadi. Shifokorning xonasi hollning yonida joylashgan va o‘quvchi kelishi bilan birinchi navbatda tekshiruvga boradi. Agar shifokor bezovtalik va kasallik belgilarini sezsa, u davolanish uchun uyga yuboriladi.

Kundalik tibbiy ko‘rik haqida qisqacha ma’lumot berganidan so‘ng, yosh muxbir tomoshabinlarni kasblar shaharchasi — KIDZANIA bilan tanishishga taklif qildi. Bu yerda bolalar har qanday kasb — shifokor, o‘t o‘chiruvchi, sartarosh va boshqa kasblar egasiga aylanishlari mumkin. Shu tarzda Sadiya va uning «hamkasblari» munosib tarzda efirga chiqib, maktabni butun afzalliklarini to‘liq ko‘rsatib berishdi. KIDZANIA`da TV Radio binosi ham mavjud. Uni Invento TV`ning maxsus muxbiri faxr bilan «Mening ofisim» deb atagan.

Birinchi qavatning reportajida ko‘rsatilgan yana ikkita diqqatga sazovor joylar — bu hovuz va tuz xonasi. Haftada ikki marta Invento UIS o‘quvchilari hovuzda suzadilar, u yerda trener bolalarga suvda qanday qilib to‘g‘ri harakatlanish kerakligini o‘rgatadi. Tuz xonasida esa profilaktika kabineti sifatida xizmat qiladi. Tuz xonada vaqt o‘tkazish shamollash va virusli kasalliklarni oldini oladi, shuningdek, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.

Reportaj yakunida Sadiya xayrlashib, ko‘rsatuvni davom ettirishni «hamkasblariga» topshirdi.


«Qani ketdik!» — ikkinchi qavat

Invento telestudiyasidagi asosiy boshlovchi Bilol tomoshabinlarni ikkinchi qavatga taklif etdi. U yerda maxsus muxbir Haqnazar voqea joyida kutib turgan edi. Klassik salomlashishdan so‘ng, yosh muxbir tomoshabinlarni ikkinchi qavatdagi sevimli joylariga qisqa tarzda taklif qildi. «Qani ketdik!» — aynan shu iboradan so‘ng, Haqnazar qiziqarli narsalarni ko‘rsatishga shoshilayotgani aniq bo‘ldi.

Muxbir ko‘plab bolalar yoqtiradigan xonani, LEGO Room`ni ko‘rsatishdan boshladi. Bu yerda o‘quvchilar uchun ko‘p miqdorda katta qismlar tayyorlab qo‘yilgan. Ulardan bolalar xayoliga kelgan har qanday narsani yasashi mumkin. Butun xonada — pol va devorlarda — Toshkent xaritasi mavjud. LEGO Room`da o‘quvchilar nafaqat quruvchilar o‘ynabgina qolmay, balki poytaxt geografiyasiga qiziqib ham o‘rganadilar.

Maxsus muxbir tomoshabinlarga musiqa darsini ko‘rsatdi. Bu yerda o‘quvchilar yig‘ilib, qo‘shiq kuylashni o‘rganadilar, cholg‘u asboblarida chalishni o‘rganadilar va yoqtirganlarini tanlay oladilar.

Muxbir sport zal haqida ham so‘zlab berdi. Bu yerda u o‘quvchilar nima qilishni yoqtirishlarini aytdi va golni qanday qilib to‘g‘ri urish kerakligini ko‘rsat berdi. Haqnazarning so‘zlariga ko‘ra, Invento maktabining treneri mister Iskandar unga bir qo‘li bilan tortinishni o‘rgatgan, ammo nazoratsiz buni qilishga ruxsat bermaydi.

Invento TV muxbiri tomoshabinlar bilan raqs xonasidan xayrlashdi. Va bosh boshlovchi bilan studiya efirni uchinchi qavatga — muxbir Imonaga topshirdi.


«Ota-onalar bizga qarsak chalishadi» — uchinchi qavat

Imona reportajni uchinchi qavatda joylashgan ustaxonadan boshladi. Bu — Invento UIS`ning o‘quvchilari o‘z imkoniyatlarini ochib beradigan maxsus ijodiy sinfdir. Bu yerda bolalar kulol g‘ildiragida ishlaydi, loydan har xil narsalar yasashadi, akvarel, qalam va rangli bo‘r bo‘lakchalari bilan chizadi. Ta’limga bunday yondashuv ijodiy fikrlash va qo‘lning kichik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Muxbir hatto bunday darslar davomida bolalar nimalar qilishlarini ko‘rsatdi.

Reportajning kulminatsion nuqtasida Invento TV maxsus muxbiri Imona tomoshabinlarga o‘zining sevimli «xonasi» -tadbirlar zalini ko‘rsatdi. Bu yerda u bir necha marta sahnaning kichkina yulduziga aylangan va o‘zining aktyorlik mahoratini tomoshaga kelgan mehmonlarga namoyish etgan.

Invento maktabidagi tadbirlar zali ham ota-onalarning sevimli joyidir. Bu yerda bolalar bayram konsertlari, raqs tomoshalari va hatto intellektual o‘yinlar tayyorlaydilar. Muxbir shuningdek, ota-onalar har bir spektaklni olqishlar bilan kutib olishini ta’kidladi.

Reportaj Invento`ning eng katta guruhlari uchun mo‘ljallangan Preschool D kabinetida yakunlandi. Bu yerda 5−6 yoshli bolalar shug‘ullanadi, ular kelasi yili birinchi sinfga boradi. Ular uchun maxsus kundalik tartib tuzilgan. Misol uchun, yosh guruhlarning bolalari sokin soatlarda tushlarni ko‘rishsa, kattalar bo‘sh vaqtlarini faol o‘tkazishadi. Bu esa o‘quvchilarning boshlang‘ich sinflarda yangi tartibga moslashishiga, diqqatini darsga qaratishiga yordam beradi.


Invento Uzbek International School`da bolalar ta’limi zamonaviy va ilg‘or IB PYP va IB MYP dasturlariga asoslangan. Ushbu dastur 3 yodan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Invento UIS`ning kampuslari quyidagi manzillar bo‘yicha joylashgan:

  • Furkat ko‘chasi, 4A, MDS Tashkent City;
  • Maxtumkuli-2 va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasi.

Ma’lumot markazi: (+998) 90−210−99−99.

Sayt: invento.uz
Facebook: fb.com/inventoschool
Instagram: @invento.uz
Telegram: t.me/inventouis

Reklama huquqlari asosida.