Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 12−20 sentabr kunlariga rejalashtirilgan Toshkent, qolaversa, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan Samarqandga bo‘lgan bir qancha muntazam qatnovlarni bekor qildi.

Bu quyidagi reyslarga taalluqli:

  • HY041/042, HY043/044, Toshkent — Samarqand — Toshkent;
  • HY275\276 Samarqand — Istanbul — Samarqand;
  • HY605\606 Samarqand — Moskva — Samarqand;
  • HY767\768 Samarqand — Olmaota — Samarqand;
  • HY639\640 Samarqand — Sankt-Peterburg — Samarqand;
  • HY9606\9605 Moskva — Samarqand — Moskva;

Aviakompaniya ma’lumotlariga asosan reyslar Samarqand xalqaro aeroportidagi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinmoqda.

Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand aeroporti 14−16 sentabr kunlari shaharda SHHT sammiti bo‘lib o‘tishi munosabati bilan tijoriy yo‘lovchi va yuk tashuvchi reyslarni qabul qilmasligi haqida yozgandik.