Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilganli haqida xabar berdi.

Tekshiruv davomida Andijon shahrida yashovchi erkak fuqaro X.S o‘zida shubha uyg‘otgani sababli boshqaruvida bo‘lgan, qora rangli, “Nexia-3” rusumli avtomashinasi Andijon shahri ko‘chalarining birida ko‘zdan kechirilgan.

Avtomashinada jinoiy sheriklari, ayol fuqarolar Yu.D hamda X.Olar birga ekanliklari, avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘i ostida, qora rangli polietilen paketga o‘ralgan, 100 dona “Tropikamid” va 16 dona konvalyutada jami 224 dona “Regapen” dori vositalari borligi aniqlangan.

Bundan tashqari avtomashina orqa o‘rindig‘ida ayol fuqaro Yu.Dga tegishli bo‘lgan ayollar sumkachasi ichida 3100 AQSh dollari va 4 750 000 so‘m miqdoridagi pullar borligi aniqlangan.

Hozirda, ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.