2022 yil 1 avgust sanasiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari o‘tgan oyga nisbatan 976,2 mln dollarga kamayib, jami 34,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy bank taqdim qilgan маълумотлардаакс etgan.

Shu bilan birga, mamlakatning yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 531,9 mln. dollarga yoki 1,5 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1 mlrd 799,25 mln dollardan 1 mlrd 758,90 mln dollargacha pasayishining ta’siri 483,6 mln dollarni tashkil qildi.

Markaziy bank ma’lumoti

Shuningdek, zaxiralarning oltin qismi fizik xajmi 300 ming unsiyaga, yoki 12 mln unsiyagacha oshgan bo‘lsada, iyulda oltin narxi pasaygani hisobiga qiymatda 21 078,6 mln dollargacha qisqargan.