Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li Xolxo‘jayev Toshkentning Chilonzor tumani hokimi etib tasdiqlandi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati. Bu haqdagi qaror xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 64-sessiyasida qabul qilindi.

Bungacha u 2020 yil dekabr oyidan Iqtisodiy taraqqiyot va k qisambag‘allikni qartirish vazirining birinchi o‘rinbosari, avvalroq, 2019 yilning mart oyidan boshlab esa O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Saidqahhor Xolxo‘jayev (1981 yilda tug‘ilgan) Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini (2002) va shu universitetning magistraturasini (2004) tamomlagan. O‘n yetti yil davomida u bank sohasida ishlagan. 2017−2019 yillarda «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil iyun oyidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlyanov avgust oyi boshida Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 100 dan ortiq daraxt ildizlariga shikast yetkazgani uchun prezident topshirig‘iga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi. Xuddi shu voqea uchun tuman prokurori Izzat Bozorov egallab turgan lavozimidan ozod etildi, Toshkent hokimi va shahar prokurori Ulug‘bek Qosimovga esa qattiq tanbeh berildi.

O‘zAning xabar qilishicha, dushanba kuni tumanga yangi prokuror ham tayinlangan — bungacha Toshkent viloyati Bekobod shahar prokurori hamda IIV IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan Jahongir Muradov Chilonzor tumani prokurori, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasida faoliyat yuritgan Alisher Murodullayev esa tuman IIB boshlig‘i etib tayinlandi.