O‘zgidrometning o‘rta muddatli ob-havo prognozlarida keltirilishicha, 20−22 avgust kunlari respublikada salqin havo kuzatiladi.

Sovuq antitsiklon ta’sirida shu kunlari:

  • Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida tunda minimum haroratlar +11 darajagacha;
  • boshqa viloyatlarda esa haroratning past ko‘rsatkichlari +12 +…13 darajagacha pasayadi.

Respublika aholisi kelayotgan uch kunlikda kunduz kunlari ham havo harorati mavsumga xos iqlimiy ko‘rsatgichlardan ancha pasayganini sezadi.

O‘zbekistondagi salqinlikni keltirib chiqargan Qozog‘istondan o‘tayotgan sovuq antitsiklon chekkasi baland tog‘larda tungi muddatlarda havo haroratini qariyib nol darajagacha pasaytiradi.

Soha mutaxasislari tomonidan aholi istiqomad quluvchi tog‘li rayonlarda harorat minimumi +8 darajagacha pasayishi prognoz qilingan.