10 avgustga o‘tar kechasi Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohidan Qur’onning qo‘lyozma nusxasini o‘g‘rilaganlikda gumonlanayotgan shaxslar ushlandi, deb xabar berdi Namangan viloyati IIB matbuot xizmati.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur kitobni Chortoq tumani va Namangan shahrida yashovchi ikki nafar shaxs o‘g‘rilagani aniqlangan.


Ular Qur’onning qo‘lyozma nusxasini Namangan shahrining Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida yashirincha saqlab kelgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan Qur’onning qo‘lyozma nusxasiga hech qanday zarar yetkazilmagan.

Gumonlanuvchilar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga (Ushlab turish asoslari) muvofiq qo‘lga olingan. Holat yuzasidan tegrov harakatlari davom ettirilmoqda.