Yakshanba kuni soat 7:30 atrofida Toshkentning Sergeli tumanida «VAZ-2106» rusumli avtomashina daraxtga borib urilishi natijasida ikkiga bo‘linib ketdi.
O‘zbekiston IIV YHXBning xabar berishicha, YTH oqibatida 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
U Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab avtomobil bozoridan Janubiy vokzal tomon harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. E’lon qilingan videoda YTH transport oqimlari ajratilgan joyda sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda