O‘zbekistonda «Oriyonbank» (Tojikiston) vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi, deya xabar berdi Markaziy bank.

Shu kunda qadar bank «Turon bank», va «O‘zsanoatqurilishbank» bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekistonda tashkil etiladigan vakolatxonaning ish faoliyati 2025 yilgacha davom etadi. Vakolatxonaning O‘zbekistondagi rahbari Davlatzod Umed etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, «Oriyonbank» Tojikistonda tashkil etilgan dastlabki yirik banklardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda 30 dan ortiq filiallari mavjud bo‘lib, 10 dan ortik moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank aktivlari 270 mln dollardan oshiqroq. «Oriyonbank»ning bugungi kundagi raisi Xasan Asadullazoda hisoblanadi.