18 avgust kuni respublika miqyosida va 19−25 avgust kunlari navbat bilan viloyatlarda soat 01:00 dan 10:00 gacha telekanallarni tarqatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK bu vaqtda profilaktika ishlari olib borilishini ma’lum qildi.

Korxonada texnik qurilmalar yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktik nazoratdan o‘tadi. Bu vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.