8 avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. Davlat test markazi abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkinligini ma’lum qildi.

my.dtm.uz saytining Natijani olish bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

DTMning Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

  • @edtmmandatbot
  • @edtmmandat1bot
  • @edtmmandat2bot
  • @edtmmandat3bot
  • @edtmmandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Bundan tashqari, DTM ёғингарчилик tufayli Namangan viloyatida test sinovlari kech boshlangani haqida xabar qildi. Unga ko‘ra, 10 avgust kuni 1-smenada Namangan viloyatidan tashqari barcha hududlarda test sinovi 07:00 da boshlandi.

Namangan viloyatida tinimsiz yomg‘ir sabab abituriyentlar barcha tekshiruvlardan o‘tkazilib, usti yopiq, yomg‘irdan himoyanlangan joylarga joylashtirildi.

Yomg‘ir tinishi bilan ular o‘z joylariga joylashtirilib, quyidagi vaqtlarda test sinovi boshlandi:

  • Barkamol avlod sport majmuasi (1-sektor)da — 08:13 da;
  • Dinamo stadioni (2-sektor)da — 08:20 da;
  • Navbahor-Umid stadioni (3-sektor)da — 08:00 da.

Barcha hududlardagi test sinovlari boshlangan vaqtdan boshlab to‘liq 3 soat davom etadi.