Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida kommunal to‘lovlar uchun undirilgan pullarni o‘zlashtirgan shirkat rahbari aniqlandi. Bu xaqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «O.B.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari B.X. xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 350,6 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.