O‘zbekiston tarixda ilk bor shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Butunjahon shaxmat olimpiadasining final bosqichida O‘zbekiston Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda Jahongir Vohidov raqibini mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoaga Olimpiadaning ilk oltin medalini keltirdi.

«Tariximizda juda katta iz qoldirdingiz». Prezident telefon orqali shaxmatchilarni Olimpiadadagi g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali O‘zbekiston shaxmatchilarini Hindistonda o‘tkazilgan shaxmat Olimpiadasidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Davlat rahbari matbuot xizmati suhbat videosini e’lon qildi.

Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Nimalar o‘zgaradi?

Prezident «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. U tanlov asosida (haftasiga 5 kunlik) ishga qabul va kadrlar rotatsiyasi, qolaversa, tadbirkorlik qilish, xorijda hisobraqam ochish va manfaatlar to‘qnashuvini taqiqlash, daromadlar va mol-mulkni majburiy deklaratsiyalashni nazarda tutadi.

Maktablar oldida ilk bor transport oqimini sokinlashtirish boshlandi

Toshkentda ilk bor maktab va bog‘chalar oldida transport oqimini sokinlashtirish dasturi tayyorlanmoqda. Maslahatchilar — Arkadiy Gershman va Aleksandr Devyatkin. Birinchi bosqichda tez va arzon yechimlar: belgilar, ustunchalar, notekisliklar qo‘llaniladi. Loyiha «ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolish mumkin».

Yangiqo‘rg‘onda yana bir arxeologiya yodgorligi vayron qilindi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida «O‘rdatepa» arxeologiya yodgorligi vayron qilinib, uning o‘rniga ikki fuqaro uy qurgani aniqlandi. Avvalroq xuddi shu tumandagi «Gaistontepa» arxeologik yodgorligi butunlay vayron bo‘lgani xabar qilingan edi.

Bloger Asalhoney`ning qotili 16,5 yilga qamaldi

Sud o‘z uyida o‘ldirib ketilgan bloger Asal Xodjayevaning (Asalhoney) qotiliga 16,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Toshkentda shirkat rahbari aholi kommunal to‘lovlar uchun bergan 350,6 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari alohining kommunal to‘lovlari uchun bergan jami 350,6 mln so‘m mablag‘larini bank kassasiga kirim qilmasdan, noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlandi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonga Tojikiston mudofaa vaziri tashrif buyurdi

O‘zbekiston harbiy oliy o‘quv yurtlarida Tojikiston harbiy xizmatchilarini tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga mudofaa vazirlari Bahodir Kurbanov va Sherali Mirzo imzo chekdi.

O‘zbekistonliklardan harbiy harakatlarda qatnashishga oid da’vatlarga ergashmaslik so‘raldi

Rossiyaning Perm shahridagi o‘zbek diasporasi rahbari Jahongir Jalolov vatandoshlarini Ukrainadagi harbiy harakatlarga qo‘shilishga chaqirdi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi «bunday da’vatlarga ergashmaslik, ziddiyatli hududlarga bormaslik va harbiy harakatlarda qatnashmaslikni» so‘ramoqda.

Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekistonda 149 ta kollejga kirish uchun 59 460 ta️, 194 ta texnikum uchun 80 178 ta kvota ajratildi. Hujjatlar ️kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Hujjat qabuli esa 15 avgustga qadar uzaytirildi.

Toshkentning Muqimiy ko‘chasidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi yangi qurilayotgan uyda yong‘in kelib chiqdi. Uni o‘chirishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Olov 12:50 da o‘chirildi, binoning 900 kv.m. maydoni zararlangani aytilmoqda.

Interpol xalqaro qidiruvdagi chet ellik fuqaroni qo‘lga oldi

Interpol byurosi Qirg‘izistonda rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va kontrabandaga sheriklik ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan shaxsni O‘zbekistonda ushladi. Bosh prokuratura ekstraditsiya qilish masalasini ko‘ryapti.

5 yil ish stajiga ega fuqarolarni OTMga tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

86 ta vazirlik va tashkilotlarga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ishlagan fuqarolarni OTMlarga suhbat asosida kiritish uchun tavsiya qilish huquqi berilmoqda. Bunda abituriyent «superkontrakt» asosida o‘qiydi va ularni ro‘yxatga olish 8−22 avgust oralig‘ida DTM sayti orqali amalga oshiriladi.

Toshkentda ekologik reydga start berildi

9 avgust kunidan boshlab Toshkent shahrida ekologik reyd o‘tkazilmoqda. Ekologiya, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlaridan iborat Ekopatrul inspektorlari tuzildi, ular hududlarga bo‘linib, yo‘nalishlar kesimida butun shaharni o‘rganib chiqadi.

Yagona maktab formasi majburiy bo‘lmasligi hukumat qarori bilan tasdiqlab qo‘yiladi — XTV

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov joriy o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmasligi haqidagi bayonoti to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi. «Bu qonuniy tusga ega bo‘lib, hujjatda ham aks etadi», — dedi u.