Yangi tashkil etilgan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (University of Digital Economics and Agrotechnologies) barchani 10, 11 va 12 avgust kunlari soat 12:00 dan 19:00 gacha bo‘lib o‘tadigan ochiq eshiklar kuniga taklif etadi.

Abituriyentlar universitet dasturining quyidagi afzalliklari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar:

  • raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar sohasi bo‘yicha zamonaviy bilimlar va mutaxassis diplomi;
  • maxsus stipendiyalar uchun tanlovlarda ishtirok etish va g‘oliblikni qo‘lga kiritish imkoniyati;
  • talaba almashinuvi dasturi orqali xorijiy mamlakatlarda o‘qish imkoniyati;
  • fanlarni xorijda ta’lim olgan, raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar sohasida tajribaga ega professor-o‘qituvchilardan o‘rganish imkoniyati;
  • O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan talabalar uchun yotoqxona va boshqa ko‘plab qulayliklar.

Shuningdek, 10, 11 va 12 avgust kunlari UDEA “Raqamli iqtisodiyot” fakulteti dekani — Sherzod Aktamov va “Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar” fakulteti dekani — Abdulla Ibragimovning ochiq ma’ruzalari bo‘lib o‘tadi.

Qabul hujjatlarini universitet saytidan topshirish mumkin.

Telefon: (+998) 78−888−08−00.

Manzil: Yakkasaroy tumani, Boshliq mavzesi, 3.

E-mail: info@udea.uz
Telegram: t.me/udeauz
Instagram: @udeauz
Facebook: fb.com/udeauz

Reklama huquqlari asosida.