46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Tegishli qaror dushanba kuni Hindistonning Chennay shahrida xalqaro shaxmat Federatsiyasi (FIDE) Bosh Assambleyasida qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev xabar berdi.

“Missiya bajarildi, janob prezident”, — deb yozdi u.

Hindiston va Vengriya ham musobaqa o‘tkazish huquqiga da’vogarlik qilishdi, ammo ko‘pchilik ovozlar ushbu musobaqani birinchi bo‘lib qabul qiladigan O‘zbekiston uchun berildi.