5 avgust kuni 7:00 lar atrofida 4R-36 Jizzax-Forish-Qizilcha avtomobil yo‘lining Forish tumani hududidan o‘tgan 46-kilometrida Isuzu yuk mashinasi va Nexia-2 ishtirokida YTH ro‘y berdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk avtomashinasi Jizzax-Forish yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, uxlab qolishi natijasida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Forish tumanida yashagan fuqaro boshqaruvidagi Nexia-2ga borib urilgan.

Natijada yengil avtomobil haydovchisi va uning to‘rt nafar yo‘lovchisi hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyida Zomin tumanida KIA K5 va Nexia-2 avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida 2 kishi voqea joyida, yana 6 kishi shifoxonada vafot etgan edi.