04 avgust kuni soat taxminan 00:30 larda Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotgan 1997 yilda tug‘ilgan O.M. piyodani urib yubordi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Natijada piyoda, 1992 yilda tug‘ilgan D.F. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.