O‘zbekistonda Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqarildi

AKT vazirligi O‘zbekistonda o‘tgan yilning yozidan beri blokda bo‘lgan Twitter, «Vkontakte» tarmoqlari hamda WeChat messenjeridan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlanganini ma’lum qildi. TikTok platformasiga kirish esa hozircha tiklanmadi.

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq muhokamasi yakunlandi

O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha fuqarolarning takliflarini qabul qilish muddati o‘z yakuniga yetdi. Konstitutsiyaviy komissiya 117 mingdan ortiq taklif yuborilganini ma’lum qildi. Deputatlar loyihani takomiliga yetkazadi. Bu jarayon qanchalik ochiq bo‘lishi esa hozircha noma’lum.

1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Mobil-ID tizimi, Ochiqlik indeksi yuritiladigan davlat organ va tashkilotlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga 15 mln so‘mgacha subsidiya berilishi, kinoteatrlar uchun ishga tushgan maxsus axborot tizimi, «O‘ztransgaz» kompaniyasining huquqiy vorisiga aylangan «UzGasTrade» — 1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadi

Toshkentda ilk bor O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uch tomonlama muzokara o‘tkazadi. «Bu mutlaqo yangi mexanizm», — dedi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Avgustda qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda avgust oyida havo harorati iyulga qaraganda 1,5−2,5 daraja salqinroq bo‘ladi. Bu yilgi avgust nisbatan qulay harorat bilan boshlanadi va oy oxiriga qadar ustunlik qiladi. Biroq, juda issiq ob-havo kuzatilishi ehtimoldan holi emas, deb xabar qildi O‘zgidromet.

Samarqandda ikki ayol nima sababdan kaltaklandi?

Tarmoqlarda Samarqandda erkaklar ikki ayolni kaltaklagani aks etgan video tarqalgandi. Bunga ayollar boshqa bir ayol bilan janjallashib qolgani va erkaklarning mashinalariga shikast yetkazgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Videodagi bolakay esa ayolning farzandi emasligi ma’lum bo‘ldi. Tomonlarning fikri.

IT-mutaxassislar uchun sovrini $1 mlnlik prezident tanlovi o‘tkaziladi

Inha universiteti talabasi Yasmina Ablayeva Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda har yili IT-muxatassislar uchun prezident tanlovini o‘tkazish taklifini bildirdi. Davlat rahbari buning uchun $1 mlnlik ajratilishini ma’lum qildi. «Biz bu pulni topib, tanlovni e’lon qilishga harakat qilamiz», — dedi prezident.

Navoiyda 3,2 mlrd so‘mlik 30 dona mayning qurilmasi o‘g‘rilab ketildi

Navoiy viloyatida qiymati 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 30 dona AntMiner T19 mayning qurilmasini o‘g‘rilagan ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirgacha 13 ta qurilma topilgan.

Andijon va Jizzax viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

ilshadbek Karimov Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Akmal Savurbayev Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘tkirbek Raxmanov esa Zafarobod tumaniga hokim bo‘ldi.

O‘zbekiston ilk bor stenddan o‘q otish bo‘yicha OCH g‘olibligini qo‘lga kiritdi

Shohruh Sadirov Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan stenddan o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun ushbu sport turi bo‘yicha qit’a chempionatidagi ilk bosh sovrin hisoblanadi.

NKMK $1,2 mlrdlik xalqaro kreditni jalb qildi

JPMorgan Chase, Citi, Societe Generale i Credit Suisse`dan iborat xorijiy banklar konsorsiumi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga investitsiya dasturini amalga oshirish uchun 1,2 mlrd dollar kredit ajratdi.

O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

2−5 avgust kunlari sakkizta viloyatning tog‘li hududlarida yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Islohotlar oldinga siljishi, strategiyalar darajasida qolib ketmasligi muhim» — YeIning O‘zbekistondagi elchisi

YeI elchisi Sharlotta Adrian «Gazeta.uz» ga Kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risidagi yangi kelishuvning ustuvor yo‘nalishlari, odamlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati va prezident Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari haqida gapirdi. U Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalari haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Qo‘rquv va azob — Qoraqalpog‘iston oradan bir oy o‘tgach nimani his qilmoqda?

«XXI asrda bunday bo‘lishiga, bu kabi qo‘rquvni his qilish mumkinligiga hali ham ishona olmayapman» — demoqda Nukus aholisi. Ko‘pchilik o‘z yaqinlari va do‘stlarini yo‘qotdi, ammo bu haqda gapirishdan qo‘rqmoqda. «Gazeta.uz» bosh muharriri Azamat Atajanovning reportaji.

Iqlim o‘zgarishi: faktlar, asoslar va dalillar

Iqlim o‘zgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Nima sababga ko‘ra iqlim bunchalik injiq bo‘lib qoldi? Bu holatni o‘zgartirish uchun biz nima qilishimiz lozim? Bizni kelajakda nimalar kutmoqda? «Gazeta.uz» ushbu maqolada barchamizni qiynayotgan savollarga javob beradi.