Dilshadbek Karimov Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dilshadbek Karimov

Tayinlovga qadar Dilshadbek Karimov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida 2021 yil fevraldan buyon Otabek Tursunov ishlab kelayotgan edi.

Akmal Savurbayev Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Akmal Savurbayev

Bunga qadar u Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi departament boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari, dushanba kuni O‘tkirbek Raxmanov Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi etib tayinlandi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘tkirbek Raxmanov

U tayinlovga qadar Jizzax viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

2021 yil yanvardan buyon Zafarobod tumani hokimi lavozimida Nodirbek Radjapov ishlab kelayotgan edi.