Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara bojxona postida O‘zbekistonga kirib kelgan MAN rusumli yuk mashinasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, umumiy qiymati 862,8 mln so‘mlik 5839 dona 14 xildagi pichoq va temir tayoq (bita) tovarlari borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.