Biznes-ombudsman devoni tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

Buning natijasida 831 ta qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi:

  • 527 ta holatda korxonalar faoliyatida tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq qonunchilik talablari buzilgan.
  • 185 ta holatda litsenziyalash va ruxsat berish bilan bog‘liq davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonunchilik talablari va belgilangan muddatlarga amal qilinmagan.
  • 85 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgan.

Bundan tashqari, «Davlat ekologik ekspertiza markazi» DUK tadbirkorlarning ekologik ekspertiza xulosasi olish uchun yo‘llangan 20 ta murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatini o‘tkazib yuborgan. Tadbirkorlarga tekshiruv kunga qadar javob bermagan.

Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Qo‘mita hamda uning tizimidagi tashkilotlarning 99 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.