Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abduvoitjon G‘afurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.

A.G‘afurov iqtisodchi va dasturchi-muhandis mutaxassisligiga ega. U o‘z faoliyati davomida qator xususiy sektor korxonalarida texnik, ijrochi va direktor kabi rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 16 iyun kuni imzolagan qarori bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida tashkil etildi va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.