UzAuto Motors kompaniyasiga berilgan kredit Rossiyaning Transkapital (TKB) va Shveysariyaning Credit Suisse banki o‘rtasidagi sud bahsiga sabab bo‘ldi. Moskva arbitraj sudi materiallari bunga guvohlik bermoqda.

AQShning cheklovchi sanksiyalari ostida bo‘lgan TKB Rossiyada Credit Suisse`ning ikkita sho‘’ba korxonasi — Bank Kredit Sviss (Moskva) va «Kredit Sviss Sekyuritiz» ulushlarining hibsga olinishi, ROST ro‘yxatga oluvchisiga u bilan har qanday kelishuvni amalga oshirishga erishdi. Bundan tashqari, Moskva filialidagi Shveysariya bankiga tegishli 10 mln yevrodan sal ko‘proq mablag‘ hisob raqamlari muzlatilgan.

Da’voning mazmuni

2020 yil oxirida O‘zbekistondagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors Credit Suisse London filiali bilan 150 mln yevrogacha bo‘lgan kredit shartnomasini imzolagan edi. 2021 yil bahorida TKB sindikatlangan kreditga qo‘shildi va ishtirok miqdori sifatida 10 mln yevro ajratdi.

Credit Suisse London bo‘linmasi sindikatning agenti sifatida ish boshladi, u bitim shartlariga ko‘ra to‘lovni qarz oluvchidan qarz beruvchiga yo‘naltiradi yoki qarz beruvchini to‘lov olinmagani haqida xabardor qiladi. To‘lov 19 aprelda amalga oshirilishi kerak edi, biroq 20 aprelda AQSh Moliya vazirligi TKBga qarshi bloklovchi sanksiyalar kiritdi va Credit Suisse o‘tkazishni boshlagan pul Rossiya bankiga yetib bormadi.

TKB vakilining RBKga tushuntirishicha, bank avtomobil ishlab chiqaruvchisi rossiyalik kreditor bilan mustaqil hisob-kitob qila olishi uchun Credit Suisse`ga muzlatilgan mablag‘larni Uzauto Motors foydasiga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. «Ammo Credit Suisse AG bunday operatsiya sanksiya ostiga tushmasligiga qaramay, ularga e’tibor bermadi», — deya ta’kidladi u. TKB manfaatlarini sudda himoya qiluvchi Kulikovning ta’kidlashicha, Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan Credit Suisse «Amerika SDN-ro‘yxatiga amal qilmasligi mumkin».

«Transcapitalbank» Credit Suisse`ning Rossiyadagi aktivlarini hibsga olish zaruriyatini busiz mablag‘larni qaytarish qiyin bo‘lishi bilan izohladi.

Transcapitalbank Credit Suisse mablag‘larini faqat uchinchi urinishda muzlatib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi, deya qayd etadi «Praym». Sud muvaqqat choralarni ilgari rad etishni TKB ularning maqsadga muvofiqligini oqlab chiqa olmagani va o‘z da’volarida sudlanuvchining mol-mulkini muzlatish to‘g‘risida ko‘rsatmagani bilan izohladi.

Aprel oyi oxirida «Gazeta.uz» sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng Rossiyaning Transkapitalbanki Markaziy Osiyo banklari bilan hisob-kitob qilish imkoniyatini yo‘qotgani haqida xabar berdi. RBK ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi banklarning 80 foizi TKBda multivalyuta hisob raqamlariga ega.