«Toshkent» xalqaro aeroportida yo‘lovchilar va mehmonlar uchun internetga ulanish imkonini beruvchi Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

«O‘zbektelekom» bilan birgalikda aloqa kanallarini ulash va uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi, terminal majmuasining butun hududi — jo‘nab ketish va uchish zallarini to‘liq qamrab olish ta’minlandi", — deyiladi xabarda.

Internetga ulanish uchun tashrif buyuruvchilar o‘z qurilmalarida #TASAirportUzcloud Wi-Fi tarmog‘ini izlashlari va «Ulanish» tugmasini bosishlari kerak. Tizim avtorizatsiya sahifasiga yo‘naltiriladi, bu yerda mobil telefon raqamini kiritish kerak bo‘ladi. Avtorizatsiyani tasdiqlash uchun ko‘rsatilgan raqamga SMS yuboriladi.

Keyinchalik, tizim pullik va bepul kirish imkoniyatlarini taklif qiladi. Agar bepul kirish tanlansa, tizim uchta qisqa reklamani ko‘rsatadi, shundan so‘ng u Internetga kirishni ta’minlaydi. Pullik kirish tanlanganida esa, tizim tarif rejasini tanlashni taklif qiladi va to‘lovdan so‘ng tarif rejasiga muvofiq bir muddat Internetga kirishni ta’minlaydi.

Avval aeroportda Sola provayderining simsiz tarmog‘i ishlagan, biroq, havo bandargohi ma’muriyati tomonidan ta’kidlanganidek, uning ishi beqaror bo‘lgan.