Hindistondagi prezidentlik saylovlarida Milliy demokratik alyansdan nomzod, 64 yoshli Draupadi Murmu 64,03% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda The Indian Express nashri xabar berdi. Saylangan prezident 25 iyul kuni qasamyod qabul qiladi.

Nashrning yozishicha, Draupadi Murmu Hindiston prezidenti lavozimini egallagan birinchi Adivasi (Hindistonning aborigen xalqi) va 2007−2012 yillarda ushbu lavozimni egallagan Pratibxa Patildan keyin ikkinchi ayol kishi bo‘ldi.

Hindiston prezidenti vakillik funksiyalarini bajaradi, hukumat qarorlarini esa bosh vazir qabul qiladi. Hukumatni ayni damda Narendra Modi boshqarmoqda, u mamlakatning yangi prezidentini «umid chirog‘i» deb atadi.