Huquq-tartibot organlari xodimlari Andijon va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlikda gumonlangan shaxslarni hibsga oldi.

Andijondagi holatda fuqaro X.N. ikki nafar fuqaroni Andijon davlat universitetiga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 11 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi tezkor tadbir Bag‘dod tumanida ham o‘tkazildi. Unda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan K.X. fuqaro D.ni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishiga ishontirgan. Buning evaziga u 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan, deyiladi xabarda.

Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.