Shri-Lanka parlamenti 20 iyul kuni mamlakatning sobiq bosh vaziri Ranil Vikramasingeni yangi prezident etib sayladi, deb xabar berdi Deutsche Welle.

U 15 iyul kuni sobiq prezident Gotabaya Rajapaksa tartibsizliklar tufayli mamlakatni tark etganidan beri davlat rahbari vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Ranil Vikramasingxe 134 ta, uning eng yaqin raqibi Dulla Allaxaperuma esa 82 ta ovoz oldi. E’tiborlisi, sobiq prezident partiyasi yangi davlat rahbarini qo‘llab-quvvatlagan.

Saylangan prezident parlament oldida so‘zga chiqib, raqibni «mamlakatni inqirozdan olib chiqish uchun» birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Birinchi navbatda Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi bilan moliyaviy yordam bo‘yicha muzokaralar olib borish kerak