Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 26 yoshli erkakning murdasi daraxtga osilgan holda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov xabar berdi.

Holat 19 iyul kuni Alisher MFY hududidagi sodir bo‘lgan. Erkak murdasi bo‘yin sohasidan osilgan bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumning o‘limi bo‘yin sohasini sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan. Marhumning tanasida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan, deyiladi xabarda.

Hozirda Ohangaron tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.