Chorshanba kuni tushdan keyin havo harorati yuqori bo‘lishi munosabati bilan Toshkent metropolitenining yer ustidagi uchastkalarida — halqa (Qo‘yliq) va Chilonzor yo‘nalishining Sergeli shoxobchasida poyezdlar tezligi 25 km/soatgacha pasaytirildi.

Metropoliten matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab «Yer usti halqa yo‘li» va «Sergeli» yo‘lining temiryo‘llari va ularning po‘lat qismlarining harorati +65 darajaga yetgan. Bunday sharoitda, temir yo‘llardan foydalanish qoidalariga ko‘ra, poyezdlar va yo‘lovchilar xafsizligini ta’minlash maqsadida tezlik pasaytirilishi kerak.

Poyezdlar harakat jadvalini me’yorda saqlash maqsadida «Chilonzor» yo‘nalishining yer osti yo‘li qismida («Olmazor"-"Buyuk ipak yo‘li») poyezdlar tezligi 40 km/soatga tushirildi.

Metropolitenning boshqa bir xabarida qayd etilishicha, qoidalarga ko‘ra, relslar harorati +60 daraja bo‘lganda, poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, +65 darajada — 25 km/soatdan oshmasligi, +70 darajada esa poyezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan.