O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 14 iyul kuni «Yoqilg‘i energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida»gi 30 iyundagi 348-sonli hukumat qarorining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi qarorga imzo chekdi. «Gazeta.uz»da hujjat nusxasi mavjud.

Avvalroq yozganimizdek, 15 iyuldan boshlab O‘zbekistonda budjet tashkilotlari, kompaniyalar, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun narxlar oshirilishi rejalashtirilgandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi aniqlik kiritishicha, «ishchi guruh aholi va biznes vakillarining takliflarini o‘rganishda davom etmoqda».