Uzbekistan Airways ikki yildan o‘tib «Toshkent — Tokio — Toshkent» xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni qayta tikladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

4 avgustdan boshlab parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentdan jo‘nash: 22:05 (Toshkent vaqti bilan);

Tokioga yetib borish: mahalliy vaqt bilan juma 09:40;

Tokiodan jo‘nash: 11:00 (mahalliy vaqt);

Toshkentga yetib kelish: 16:10 (Toshkent vaqti bilan).

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 2020 yil 1 martdan boshlab dunyoda koronavirus tarqalishi sababli Tokioga muntazam qatnovlarni to‘xtatgan edi.