Shri-Lankadagi iqtisodiy inqirozlar tufayli 9 iyul kuni sodir bo‘lgan ommaviy noroziliklar fonida mamlakat prezidenti Gotabaya Rajapaksa 13 iyul kuni iste’foga chiqishini e’lon qildi. BBC nashri Shri-lanka rahbari xotini va qo‘riqchilari hamrohligida An-32 harbiy samolyotiga o‘tirgani va Maldiv orollariga qarab yo‘l olgani haqida xabar berdi.

Shanba kuni olomon prezident qarorgohiga bostirib kirganidan so‘ng, uning qayerda ekanligi noma’lumligicha qolayotgandi. Namoyishchilar davlat rahbari hamda bosh vazir Ranil Vikramasingxening iste’fosini talab qilishgandi.

BBC manbalari prezidentning ukasi, sobiq moliya vaziri Bazil Rajapaksa ham mamlakatdan chiqib ketganini ma’lum qildi.

Mamlakat parlamenti yangi prezidentni 20 iyul kuni saylashni rejalashtirmoqda.

Mamlakat Konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat yetakchisi iste’foga chiqsa, uning vakolatlarini vaqtincha bosh vazir amalga oshirishi shart. Bosh vazir parlamentda prezidentning o‘rinbosari hisoblanadi. Biroq, BBC`ning qayd etishicha, Ranil Vikramasingxe ham taniqli bo‘lmagan siyosatchilar qatorida.

9 iyul kuni namoyishchilar uning shaxsiy qarorgohini ham yoqib yuborishdi. U birlik hukumatiga yo‘l ochish uchun iste’foga chiqishini ma’lum qildi, lekin aniq sanasini aytmadi.

Shri-Lanka aholisi noroziliklarining sababi

Shri-Lanka 1948 yilda Buyuk Britaniya nazorati ostidan chiqqandan beri og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatda yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar yetishmovchiligi yuzaga kelgan, deya ta’kidladi BBC.

O‘tgan haftada hukumat mamlakatda asosiy vazifalarni bajarishdan tashqari bo‘lgan barcha transport vositalariga yoqilg‘i sotishni taqiqlab qo‘ydi. Gap avtobuslar va poyezdlar, qolaversa, favqulodda holatlarga tegishli avtomobillar haqida ketmoqda.

Mamlakatda maktablar yopilgan, rakni davolash va boshqa tibbiy muolajalarni o‘tkazish to‘xtab qolgan, ko‘plab oilalarni esa qiyinchilik bilan bir kunda bir mahal ovqatlanishga qurbi yetadi.

Shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi, oziq-ovqat va dori-darmonlarni o‘z ichiga olgan zarur tovarlarning keskin yetishmovchiligi mavjud. Hukumat ularni chet yelga sotib ololmaydi, chunki u valyuta tugamoqda, deb yozmoqda nashr. Samarasiz davlat siyosati va koronavirus pandemiyasining ta’siri tufayli mamlakatning turizmdan keladigan daromadlari keskin kamayib ketgan. May oyida Shri-Lanka o‘zining tarixida ilk bor davlat qarshi bo‘yicha defoltni e’lon qildi, mamlakat suveren obligatsiyalarning foizini — 78 mln dollarni o‘z vaqtida to‘lay olmadi.