Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish bo‘yicha 44 mlrd dollarlik kelishuvdan voz kechishga qaror qildi, deb xabar bermoqda BBC.

Ilon Maskning advokatlari o‘z bayonotida Twitter`ning platformadagi soxta yoki spam akkauntlari haqidagi ko‘plab so‘rovlarga javob bermagani yoki javob berishdan bosh tortgani, bu esa kompaniyaning biznes faoliyatiga ta’sir qilganini ta’kidladi.

Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, Twitter bitim shartlarini buzgan va Ilon Maskni kelishuvga kirishida chalg‘ituvchi va yolg‘on bayonotlar bergan.

Twitter kelishuv shartlarini bajartirish uchun Maskni sudga bermoqchi. Joriy yilning aprel oyida e’lon qilingan Maskning kelishuvdan chiqqani haqidagi xabardan so‘ng kompaniya aksiyalari 6 foizga arzonlashdi.

«Twitter direktorlar kengashi janob Mask bilan kelishilgan narx va shartlar bo‘yicha bitimni yopish niyatida va birlashish kelishuvini amalga oshirish uchun qonuniy choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda. Biz Delaverdagi sudda g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil», — deb yozdi Teylor Twitter`da.

Avvalroq, Mask ijtimoiy tarmoq rahbariyati unga soxta va spam akkauntlar Twitter foydalanuvchilari umumiy sonining 5 foizidan kamrog‘ini tashkil etishini isbotlamasa, kelishuvdan voz kechish bilan tahdid qilgandi.

Iyun oyida regulyatorga yo‘llagan rasmiy xatida Mask kompaniya xaridori sifatida Twitter`dagi spam akkauntlar sonini mustaqil baholash huquqiga ega ekanligini ta’kidlagan.

Mask tomoni Twitter mazkur yo‘l bilan sotish shartnomasi shartlarini buzganini da’vo qilmoqda.

Twitter spam-akkauntlar soni bo‘yicha o‘z hisob-kitoblari to‘g‘ri ekanini qayd etdi, biroq Maskning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda soxta akkauntlar kunlik foydalanuvchilar sonining 5 foizdan kamroqligi haqidagi rasman e’lon qilingan miqdordan ancha ko‘p.