Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Nizomiddinov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi, deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Juma kuni Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident farmoniga muvofiq «salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgan edi.

U ushbu lavozimda 2018 yil avgustidan beri ishlab kelayotgan edi, undan oldin esa Shavkat Mirziyoyev bosh vazir bo‘lgan vaqtda uning yordamchisi sifatida ishlardi.

Ta’kidlash joiz, hozirgi kunga qadar Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati tuzilmasida raisning birinchi o‘rinbosari lavozimi mavjud bo‘lmagan.